Muqaddima: Men, quyida imzo chekuvchi tinglovchi, «Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi» davlat muassasasi (Buyurtmachi) tomonidan «IT TA'LIM BERISH MARKAZI USTUDY» MChJ (Ijrochi) amalga oshirayotgan «Davlat organlarining 100 nafar xodimini sunʼiy intellekt boʻyicha xorijiy onlayn-kurslarda malakasini oshirish» loyihasi doirasida oʻqishga yuborilgan holda, quyidagilarni tasdiqlayman va oʻz zimmamga majburiyatlarni olaman:
1.1. Oʻqish boshlanishidan oldin Dastur va tanlangan trek mazmuni, kalendar-mavzuiy reja, joriy nazorat, checkpoint-baholash, amaliy topshiriqlar va yakuniy baholash shakllari, shuningdek ularni muvaffaqiyatli topshirish uchun qoʻyiladigan minimal talablar bilan tanishib chiqdim.
1.2. Oʻqish xalqaro taʼlim platformalari va jonli onlayn-sessiyalar (Zoom / Google Meet / boshqa kelishilgan platformalar) yordamida masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkazilishi menga maʼlum. Oʻqish davomiyligi — 5 oygacha (20 haftagacha).
1.3. Oʻqishga qabul qilish ingliz tilini CEFR shkalasi boʻyicha kamida B1 darajasida bilish tasdiqlangan (yoki unga teng tasdiq mavjud) hamda tanlangan trekning kirish talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi menga maʼlum.
1.4. Oʻqish natijasi majburiy modullarni tugatish, checkpoint-baholash va yakuniy baholashdan muvaffaqiyatli oʻtish, shuningdek trekni tamomlaganlik tasdigʻini olish ekanligi menga maʼlum.
1.5. Ijrochining belgilangan namunadagi sertifikati oʻqish muvaffaqiyatli yakunlanganda va Dastur talablari bajarilganda beriladi.
2.1. Jonli onlayn-sessiyalarda muntazam qatnashish va tasdiqlangan jadvalga muvofiq taʼlim platformasidagi modullarni oʻzlashtirish.
2.2. Amaliy topshiriqlar, mini projects, checkpoint-baholashlar, sinov testlari (mock exams) hamda joriy va oraliq nazoratning boshqa shakllarini oʻz vaqtida bajarish.
2.3. Dastur boʻyicha yakuniy baholashdan belgilangan muddatda oʻtish.
2.4. Platformalar va oʻquv materiallariga kirish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik, taʼlim platformalari qoidalari va akademik halollikka rioya qilish, xizmat va maxfiy maʼlumotlarni ochiq AI-servislarga joylashtirmaslik.
2.5. Oʻqishda qatnashishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar haqida Buyurtmachi koordinatori va Ijrochini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda zudlik bilan xabardor qilish.
3.1. Darslar uzrli sababsiz qoldirilgan, Dasturning majburiy talablari bajarilmagan va/yoki sertifikat (trekni tamomlaganlik tasdigʻi) olinmagan taqdirda ushbu oqibatlar uchun barcha masʼuliyat shaxsan mening zimmamda qoladi.
3.2. Hujjat bilan tasdiqlangan holatlar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, rahbariyat topshirigʻi bilan xizmat safari, Buyurtmachi tomonidan uzrli deb topilgan boshqa holatlar) uzrli sabab deb hisoblanadi.
3.3. Davomat va oʻqish natijalari Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga taqdim etiladigan maʼlumotlar (davomat hisobotlari, checkpoint-baholash va yakuniy baholash natijalari, taʼlim platformasi hisobotlari) bilan tasdiqlanadi.
4.1. Dasturni amalga oshirish maqsadida Ijrochi va Buyurtmachi tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarimni (F.I.Sh., lavozim, tashkilot, aloqa maʼlumotlari, oʻqish natijalari) Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlashga roziligimni beraman.
4.2. Ushbu majburiyatnoma loyiha Texnik topshirigʻi (11 va 13-boʻlimlar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi.
4.3. Nizolar muzokaralar yoʻli bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
4.4. Majburiyatnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzildi: Tinglovchi, Buyurtmachi va Ijrochi uchun bittadan.
F.I.Sh.: Yuklanmoqda...
Lavozim: Malaka oshiruvchi xodim
Imzo: Elektron aksept (tasdiqlangan)
«IT TA'LIM BERISH MARKAZI USTUDY» MChJ
Toshkent sh., A. Navoiy koʻchasi, 28B
Bosh direktor: Xalilov D.B.
Akkaunt rasman faollashtirildi
Hurmatli , siz oʻquv dasturi shartlarini qabul qildingiz. Sizga quyidagi rasmiy ta'lim pochtasi va paroli biriktirildi: